Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatidagi tibbiyot punktlaridan birida mavjud bo‘lgan tez tibbiy yordam avtomobilining man’an eskirgani va texnik yaroqsizligi tasvirlangan videolavha tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan sog`liqni saqlash boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Shahrisabz tumanidagi Hisorak, Chungirak, Mingko`char, Duoba, Boshqob, Suvtushar kabi qishloqlar tog‘li hududda joylashgani bois respublika tez tibbiy yordam markazi Qashqadaryo viloyati filiali tuman tez tibbiy yordam stansiyasida 2018 yilda ishlab chiqarilgan va tog‘li yo‘llarga moslashgan UAZ 3962 rusumli avtomashina aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada avtomashinaning yoqilg`isi tugagan holat tasvirga olingan bo‘lib, ayni paytda ushbu muammo to‘liq bartaraf etilgan.

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni

saqlash boshqarmasi axborot xizmati