Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasining kardiologiya bo‘limiga davolanish uchun kelgan nogiron fuqaroning bepul xonalar bo‘lsa-da, pullik xonalarga joylashtirilayotganidan shikoyat qilgan murojaati tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasining kardiologiya bo‘limida bugungi kunda budjet hisobidan 24 ta o‘rin-joy mavjud bo‘lib, qolgan o‘rinlar xo‘jalik hisobidan tashkil etilgan.
Fuqaro N.K. bilan murojaati bo‘yicha suhbatlashilganda unga mazkur holat yuzasidan atroflicha tushuntirish berildi. Yakunda bemor shifokorlarga hech qanday e’tirozi yo‘qligini ma’lum qildi.
Qashqadaryo viloyati
sog‘liqni saqlash boshqarmasi
axborot xizmati.