Raqamli sog‘liqni saqlash markazi yangi loyihalarini taqdim etdi

✔️ 33 million fuqaroning elektron tibbiy kartalari yagona tizimga kiritildi. Bu shifokorlar ishini yengillashtiradi va bemorlarga ko‘proq vaqt ajratishga yordam beradi.

✔️ Situatsion markaz ishga tushdi. U shifokorlarning bandligini va jihozlar holatini real vaqt rejimida ko‘rsatadi. Shu orqali resurslar samarali taqsimlanadi.

✔️ “Ko‘ngil ko‘zi” lloyihasi yangi bosqichga ko‘tarildi. Endi muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda ko‘rlikka olib keluvchi kasallik erta aniqlanadi. Bu minglab bolalarni ko‘rlikdan asrab qoladi.

✔️ Yangi texnologiyalar yordamida bolalarda 90% gacha ko‘rlikning oldini olish mumkin. Bu minglab oilalar uchun umid demakdir.
✔️ Shuningdek, insult va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash texnologiyalari ham taqdim etildi.

Sun’iy intellekt shifokorni almashtirmaydi, lekin ularga yordamchi bo‘lib, vaqt va kuchni tejashga xizmat qiladi deb yozdi o’z sahifasida  (https://t.me/SShMirziyoyeva/3121?single) Saida Mirziyoyeva

Qashqadaryo viloyati sog`liqni

saqlash boshqarmasi matbuot xizmati