Xizmat kimlarga ko‘rsatiladi?
Ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlari, shu jumladan, ushbu muassasalardagi «G‘amxo’rlik» guruhlarida, umumta’lim maktablarining inklyuziv sinflarida hamda reabilitatsiya markaziga ega davlat ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchi ko‘rish va harakatlanish bilan bog’liq kasalliklarga chalingan bolalarga ularni ixtisoslashtirilgan ta‘lim tashkilotlariga olib borish va olib kelish bo’yicha transport xizmati ko’rsatiladi.
Loyiha imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga taksi orqali o‘quv muassasasiga xavfsiz va qulay tarzda qatnash imkonini beradi.
Transport xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi — har bir bola uchun oyiga BHMning 1,2 barobari (450 ming so‘m) miqdorida. Agar oila kambag’allik reyestrida tursa, 100 foizi, oila kambag‘allik reyestrida turmasa, 60 foizi to‘lab beriladi.
Taksi chaqirishda maxsus imkoniyatlar mavjud — masalan, «Men nogironlar aravachasida bo‘laman» yoki «Mashinani topishda yordam kerak» kabi. Bunday holatlarda haydovchiga maxsus xabar yuboriladi va u yordamga tayyor bo‘ladi.
Loyiha Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Yandex Uzbekistan hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Ushbu xizmatni kelgusida boshqa tuman,shaharlarda yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.