Xitoyning Kaytun delegatsiyasi Qarshi shahrida “Bir belbog‘, bir yo‘l – O‘zbekistonga mehr bilan” dasturi doirasida tashrif buyurdi.
Delegatsiya tarkibida 10 nafar malakali tibbiyot xodimi bo‘lib, 23–24-sentabr kunlari Respublika ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filialida bo’lib turishibdi.
Tashrif davomida xitoylik oftalmologlar qashqadaryolik bemorlarga bepul tibbiy ko‘rik va maslahatlar berib, tajriba almashinuvi asosida ko‘z jarrohligi amaliyotlarini ham o‘tkazishmoqda. Ikki kunlik dastur davomida 50 dan ortiq bemorda ko‘z jarrohligi operatsiyalari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Mazkur tashabbus O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, aholiga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va zamonaviy oftalmologik tajribalarni amaliyotga joriy etishga xizmat qiladi.
Qashqadaryo viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati