Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 4 oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida alohida toifadagi kuchli ta’sir etuvchi moddalar muomalasini tartibga solish to‘g‘risidagi Nizom to‘g‘risida»gi 632-sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda ushbu qaror mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminar O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi «Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi», Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi mutaxassislari boshqarma o‘rinbosarlari, tuman, shahar tibbiyot birlashmalari davolash bo‘yicha o‘rinbosarlari, dorixona mudirlari, onkolog va psixiatr shifokorlar, bosh hamshiralar, «Qashqadaryo» dori-darmon aksiyadorlik jamiyati dorixona provizorlari, xususiy klinika bosh shifokorlari va provizorlari, xususiy dorixona mudirlari ishtirok etishdi.
Seminar davomida «Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni olish, joʻnatish, hisobga olish, berish, tashish, saqlash, sotish, taqsimlash, yoʻq qilish, Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tranzit oʻtkazish tartibini, shuningdek qarorda belgilangan talablar, mazmun-mohiyati va ahamiyatini respublika miqyosidagi davlat va nodavlat davolash-profilaktika muassasalari, dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji va chakana realizatsiya bilan shugʻullanuvchi litsenziatlar (omborxona, dorixonalar va ishlab chiqaruvchi korxonalar)ga yetkazish tartiblari haqida batafsil tushuntirib berildi.