Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 11 sentyabrda “Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi.
Farmonning tegishli bandi ijrosi yuzasidan ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni tibbiy ko’rikdan o’tkazish va salomatligini yaxshilash maqsadida 16-20 sentabr kunlari qamashiliklar uchun bepul sayyor ko’riklar tashkil etildi.
Bugunning o’zidayoq viloyatimizdagi eng ilg’or tibbiy mutaxassislar va zamonaviy uskunalar jalb etilgan holda Guliston, Yartepa va 48-51-oilaviy shifokorlik punktida ikki yarim mingdan ortiq aholi shifokorlar qabulida bo’ldi.
Tibbiy ko’riklar tumanning barcha oilaviy shifokorlik punktida o’tkazilishi belgilangan.