Xabar berilganidek, Qamashi tuman aholisi uchun tibbiy ko‘riklar o’tkazilayotgan edi.
Qamashi tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 47-oilaviy poliklinika binosida tashkil etilgan tibbiy ko’riklar davomida 20 nafardan ortiq turli mutaxassislardan iborat shifokorlar bemorlarni tibbiy ko‘riklardan o‘tkazishdi.
Xususan, 19 sentaybdagi birgina kardiologiya yo‘nalishi bo‘yicha 42 nafar bemorlar ko‘rikdan o‘tkazilib, shulardan 6 nafariga viloyat, 11 nafariga tuman darajasida stasionar davolanish tavsiya qilingan bo‘lsa, qolgan 25 nafar bemorlarga esa ambulator sharoitda davolanish tavsiya etildi.