Qamashi tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Ona va bola markaziga yangi tibbiy apparatlar olib kelindi!

Qamashi tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Ona va bola markaziga “O‘zbekiston Ishonch-2030” loyihasi asosida chala tug‘ilgan chaqaloqlar uchun 3 ta kyuvez apparati, 3 ta kardiotokografiya apparati, 1 ta su’niy nafas apparati va 2 ta kardiomonitor apparati olib kelindi.

Ushbu apparatlar tumanda go‘daklar o‘limini kamayishiga, onalar o‘limi holatlarining sodir bo‘lmasligiga, qolaversa, tug‘ish yoshidagi xotin-qizlarga va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda asosiy rol uynaydi.

Hozirda ushbu keltirilgan barcha tibbiy uskunalar tuman aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatishda samarali foydalanilib kelinmoqda