Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida O‘zbekiston Respublikasi “Salomatlik va “Strategik rivojlanish instituti” va Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillari ishtirokida press-muloqot tashkil etildi.
«Qashqadaryo viloyatida erkaklar orasida tamaki chekishning tarqalganlik darajasini va salomatlikka ta’sirini o‘rganishning maqsadlari va kutilayotgan natijalar» mavzusiga bag’ishlangan ushbu tadbirda jurnalistlar va tibbiyot vakillari ishtirok etishdi.
Shuni ta’kidlash joizki, tadqiqotchilar tomonidan viloyatimizning 4 ta tumanida 1 oy davomida aholi o’rtasida so’rovnoma asosida tamaki iste’mol qiluvchilar o’rtasida tadqiqot olib boriladi. Ushbu tadqiqot xulosalariga ko’ra qonunchilikdagi tegishli normativ xujjatlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, yangi qonunlarni ishlab chiqishda keng foydalaniladi.