Ozmoqchimisiz? Ozuqa tolalari iste’molini ko‘paytiring!

Inson ozuqa tolalarini iste’mol qilganida, ularning erimaydigan turlari hazm bo‘lmaydi, o‘zgarmasdan organizmdan chiqib ketadi.

Kavsh qaytaruvchi jonzotlarda (qo‘y, sigir) esa odamdan farqli ravishda oshqozon 4 ta bo‘shliqdan iborat bo‘lib, ularda erimaydigan ozuqa tolalar hazm bo‘ladi.

‍⚕️ Agar biz ham ozuqa tolalarni hazm qilganimizda, to‘yish hissini sezmasdan 24 soat davomida tinimsiz ovqatlangan bo‘lar edik!

Shuning uchun ozishni boshlaganda, birinchi navbatda ozuqa tolalar iste’molini oshirish kerak — shunda shirin va yog‘li taomlarga bo‘lgan havas o‘z-o‘zidan kamayadi.

Feruza Tohirova
Salomatlik va strategik rivojlanish instituti mutaxassisi, tibbiyot fanlari nomzodi

Qashqadaryo viloyati sogliqni saqlash
boshqarmasi matbuot xizmati