Qadrli hamshiralar, aziz o‘rta tibbiyot xodimlari!
Sizlarni 12 may – Xalqaro hamshiralar kuni bilan chin dildan tabriklayman!
Barchamizga ma’lumki, bugungi zamonaviy tibbiyotni hamshiralar ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Eng ilg‘or texnologiyalarga asoslangan amaliyotlarni o‘tkazish jarayonidan tortib operatsiyadan keyingi bemor parvarishi, laboratoriya-diagnostika yo‘nalishi, uyma-uy yurib, oiladagi tibbiy madaniyat darajasini oshirish va sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotigacha – kuyunchak hamshiralarning o‘rni beqiyosdir.
Sizning fidokorona mehnatingiz tahsinga loyiq. Sizlar salomatlik posbonlari, tibbiyot fidoyilarisiz! Doimo baxtimizga sog‘-omon bo‘ling! Oilangizdan fayzu baraka arimasin, farzandlar baxti-kamolini ko‘rish nasib qilsin!
Barchangizni ushbu sana bilan samimiy tabriklab, oilaviy baxt, sihat-salomatlik, mashaqqatli va sharafli ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi jamoasi nomidan boshqarma boshlig‘i
Alisher BOBOEV.