Oq loviya tanadagi ortiqcha yog‘larni eritadi

Agar haftasiga kamida 5 kun dukkaklilar, ayniqsa oq loviya iste’mol qilinsa, ozish jarayoni tezlashishi mumkin.

Chunki:

Dukkaklilar tarkibidagi tolali moddalar hazmni sekinlashtiradi va uzoq vaqt to‘qlik hissini beradi.

Oq loviya ortiqcha uglevodlarni parchalaydigan maxsus modda – fazeolaminni o‘z ichiga oladi. Bu orqali organizmga kirgan kaloriya miqdori kamayadi.

Undan tashqari, yurak-qon tomir sog‘lig‘ini qo‘llab-quvvatlaydi, qon shugini barqarorlashtiradi.

Demak, parhez va harakat bilan birga dukkaklilarni muntazam iste’mol qilish ortiqcha vazndan xalos bo‘lishda yordamchi hisoblanadi.