Bugungi kunda OIV infeksiyasi dunyo bo‘ylab millionlab insonlarni tashvishga solayotgan muammolardan biridir. Ammo bu kasallikni erta aniqlash, uni nazorat ostida ushlash va to‘g‘ri davolash orqali to‘liq hayot kechirish mumkin.
✅ Shuning uchun ham:
OIV infeksiyasiga bepul express test topshiring va sog‘lig‘ingizni nazorat qiling!
OIVga test — bu oddiy, tezkor va ishonchli tekshiruv. U sizga xafv ostida ekanligingizni yoki emasligingizni aniqlash imkonini beradi. Bu faqat shaxsiy hayotingiz uchun emas, yaqinlaringiz uchun ham muhim qadam.
Test topshirish — uyatli emas, aksincha mas’uliyatli qaror.
⚕️ Shifokorlar ta’kidlaydi:“OIV infeksiyasiga qarshi kurashishdagi birinchi qadam — uni bilishdan boshlanadi.”
Erta tashxis — uzoq va sog‘lom hayot garovidir.
Qashqadaryo viloyati sog`liqni
saqlash boshqarmasi matbuot xizmati