1- qism
Nima uchun bola dunyoga kelishi bilan shifokorlar uni onaning bag‘riga yotqizishadi?
Nima uchun shifokorlar bola tug‘ilganda ilk 1 soat ichida onalarga chaqalog‘iga ko‘krak tutishni tavsiya qilishadi?
Bularning barchasi bolani sog‘lom bo‘lib o‘sishi uchun. Bola sog‘lom bo‘lishi uchun esa ko‘krak suti bilan oziqlanishi zarur.
✅ Bola hayotining ilk soatlarida bolaga ko‘krak tutish juda katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Tug‘ruqdan keyin, onaga ko‘kraklari bo‘sh bo‘lib tuyulsada, ko‘kraklarda chaqaloq uchun eng foydali va shifobaxsh xususiyatlarga ega «og‘iz suti» bo‘ladi va bu 2-3 kun davomida to ona ko‘kraklari sutga to‘lguncha saqlanib qoladi!