Ofis xodimlari sog‘lom bo‘lish uchun foydali maslahatlar

1.Harakatsizlikka qarshi kurashing!

Yengil jismoniy faoliyat uchun har soatda 5 daqiqa vaqt ajrating. Murakkab bo‘lmagan jismoniy mashqlar, o‘z-o‘zini massaj qilish yoki koridor bo‘ylab yurish mushaklaringizni bo‘shashtiradi. Bundan tashqari, ish joyida qaddi-qomatingiz va tana holatiga ham e’tibor bering

2.Ko‘rish qobiliyatini asraylik!

Buning uchun biz ko‘z mashqlarini bajaramiz, shuningdek, ish joyini to‘g‘ri jihozlaymiz

3.To‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanamiz!

Tanovul qilingan ovqatni hazm qilish bilan bog‘liq muammolarning oldini olish uchun biz nosog‘lom gazaklar va zararli odatlardan voz kechib, ayniqsa asabiylashganda shokolad yeyishni bas qilaylik

4. Xonani tez tez shamollatib turing!

Bu amaliyotni kuniga bir necha marta qilgan yaxshiroq, chunki kislorod tanqisligiga uzoq vaqt ta’sir qilish ish samaradorligining pasayishiga olib keladi