Nishonda «Elektron poliklinika» tizimi o‘z faoliyatini olib bormoqda

Bugungi kunda, “Elektron poliklinika” tizimi ro’yxat va ma’lumotlarni avtomatlashtirish, yagona elektron ambulatoriya tibbiy kartasini yuritish kabi afzalliklarga ega. Bemorlar masofadan turib, o’zi uchun qulay vaqtda shifokor ko’rigiga navbat olishi mumkin.

Tibbiyot sohasidagi bu kabi islohotlar Nishon tumanidagi Tibbiyot birlashmasida ham joriy etilib, bu orqali bemorlarning navbatlarda turishi orqali ortiqcha vaqt sarflamasliklariga imkoniyat yaratilmoqda.

«Nishon tumanidagi har bir fuqaro o‘z uyidan turib, “Elektron poliklinika” tizimi orqali onlayn ro‘yxatga yoziladi. Bemorlarga ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng, nechanchi navbatda ekanligi va qaysi vaqtda o‘zi tanlagan shifokorning qabuliga kelishi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘ladi. Bu esa tabiiyki, ortiqcha qog‘ozbozlik va turli navbatlarda turishning oldini oladi»- deydi tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Jonibek Jo‘rayev.