Kuz faslida ko‘pchilik o‘zini uyquchan va holsiz sezadi. Buning sabablari quyidagicha:
Quyosh nuri kamayadi – tanamizda “baxt gormoni” serotonin kam ishlab chiqariladi, bu esa uyquchanlikni oshiradi.
️ Havo soviydi – organizm ko‘proq energiyani issiqlik saqlashga sarflaydi.
Biologik ritmlar o‘zgaradi – kunduz qisqargani sababli melatonin (uyqu gormoni) ko‘proq ajraladi.
✅ Uyquchanlikka qarshi 5 tavsiya:
1. Kun davomida ko‘proq ochiq havoda yuring ☀️
2. To‘yimli nonushta qiling
3. Har kuni bir xil vaqtda uxlashga odatlaning ⏰
4. Xonani yaxshi shamollatib turing ️
5. Jismoniy faollikni unutmang – eng oddiy mashqlar ham foyda beradi
Xulosa: kuzgi uyquchanlik tabiiy holat, ammo sog‘lom odatlar uni yengishga yordam beradi
Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati