Natriy – inson organizmi uchun muhim mineral va elektrolit

Gap natriy (Na) ya’ni tuz haqida ketmoqda — bu mineral va elektrolit bo‘lib, barcha tirik organizmlar tarkibida uchraydi.

Natriyning inson organizmidagi asosiy vazifalari:

Suv miqdorini tartibga soladi, hujayra ichi va tashqarisidagi suyuqlik darajasini barqaror ushlab turadi;

Qon hajmi va qon bosimiga ta’sir qiladi;

Nerv impulslarining uzatilishi va mushaklarning qisqarish jarayonida ishtirok etadi;

Hazm jarayonida faol ishtirok etadi — me’da shirasining kislotaliligini pasaytiradi va hazm fermentlarining samarali ishlashini ta’minlaydi;

Organizmdagi rN darajasini barqaror ushlab turadi, kislotali-ishqoriy muvozanatni tartibga soladi;

Suyak zichligini saqlash va suyak to‘qimasini hosil qilishda ishtirok etadi.

Muhim ma’lumot:

Inson organizmi natriyni mustaqil ravishda sintez qila olmaydi, shu sababli uni ovqat orqali qabul qilish kerak. Natriyning asosiy manbai – tuz (natriy xlorid) hisoblanadi. Undan tashqari, oz miqdorda bo‘lsa-da, mevalar, sabzavotlar, butun donli mahsulotlar, yong‘oqlar, go‘sht va sut mahsulotlarida ham uchraydi.

⚠️ Natriy yetishmovchiligi va ortiqcha miqdori nimaga olib keladi?

Ortiqcha natriy — oyoq va yuzda shishlar, siydik orqali kaliyning ko‘payib chiqishi, ba’zi odamlarda qon bosimining oshishi, organizmda suyuqlikning ushlab qolinishi va shishlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Natriy tanqisligi esa nerv tizimi faoliyatining susayishi, past qon bosimi, energiya yetishmasligi va suyak salomatligi bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkin.

Qancha natriy iste’mol qilish kerak?

Natriy miqdorini iste’mol qilish me’yori insonning yoshi, jinsi, umumiy salomatligi holati va mavjud kasalliklariga bog‘liq. Shu sababli, parhezingizni o‘zgartirishdan avval shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Laziza Allayorova tayyorladi