Munir Mammadzade Qarshidagi bolalar shifoxonasiga bordi

Vohamizda tashrif bilan (https://t.me/qvh_axboroti/8974) bo’lib turgan UNICEF tashkilotining O’zbekistondagi vakolatxonasi direktori Munir Mammadzade boshchiligidagi delegatsiya Viloyat ko’p tarmoqli bolalar shifoxonasida bo’ldi.

Bu yerda bolalar kardiojarrohligi, ayniqsa, tug’ma yurak porogi bilan og’rigan bolalarga murakkab jarrohlik amaliyotlarini viloyatning o’zida o’tkazish, bolalar gematologiyasi va onkogematologiyasi bo’limlarini jihozlash hisobidan bemor bolalarga tibbiy xizmatlarni ko’rsatish ko’lamini oshirish va tibbiyot majmuasini zamonaviy tibbiyot asbob uskunalari bilan jihozlash bo’yicha o’rganishlar olib bordi.