Kuz faslida eng ko‘p uchraydigan muammo — burun bitishi va shamollash. Ammo bilasizmi? Bu organizmning himoya reaksiyasi hamdir.
Nima uchun burun bitadi❓
Havo soviganda shilliq qavat qon tomirlari torayadi, keyin kengayib, himoya sifatida ko‘proq shilliq ishlab chiqaradi.
Oddiy, lekin samarali tavsiyalar:
1. Iliq suv bilan burunni yuvish (tuzli eritma eng foydali).
2. Xonada havoni nam holatda saqlang — quruq havo burunni yanada quritadi.
3. Issiq choyga asal yoki limon qo‘shing — tabiiy yengillik beradi.
4. Uyqudan oldin 15 daqiqa issiq dush nafas yo‘llarini ochadi.
⚠️ ESLATMA: Burun bitishini “oddiy shamollash” deb e’tiborsiz bo`lmang. Uzoq davom etsa, bu allergik rinit yoki sinusit belgisi bo‘lishi mumkin.
Fakt: Tadqiqotlarga ko‘ra, kuzda havo harorati 1°C ga pasaysa, sovuqdan kelib chiqadigan infeksiya xavfi 2 baravar ortadi!
Qashqadaryo viloyati sog`liqni
saqlash boshqarmasi matbuot xizmati