Koson tumanida raqamlashtirish va korrupsiyaga qarshi kurash boyicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi

Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ul xodimlari Koson tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib, tibbiyot muassasalaridagi raqamlashtirish jarayonlari, autsorsing faoliyati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va tibbiy xizmat sifati bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib borishdi.

Organishlar davomida raqamlashtirish va investisiyalar bo‘yicha boshliq o‘rinbosari Yu.Abduraxmonov, komplayens nazorati bo‘yicha bosh mutaxassis L.Rustamovlar muammo va imkoniyatlarni atroflicha tahlil etib, o‘z taklif va xulosalarini bildirishdi.

Ishchi guruh tibbiy xizmatlarning sifatini oshirish, bemorlar roziligini ta’minlash va shaffoflikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratish lozimligini bildirishdi.

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati