Korrupsiya jamiyat uchun xavfli illat❗️

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasida tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan yig‘ilish bo`lib o`tdi.
Mazkur yig‘ilish viloyat sudi mas’ullari va boshqarma rahbari v.v.b. N. Qurbonov rahbarligida o‘tkazilib, korrupsiyaviy holatlarda javogarlarga jinoiy va ma’muriy jazolar muqarrarligi, bu illatning yo`qolishi uchun barcha soha vakillari hatto har bir fuqaro mas`ul ekanligiga urg`u berildi.

Sud mas’ullari tomonidan mavzuga alohida to`xtalinib, javobgarlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilayotganiga bir qancha misollar keltirildi.

Ushbu yig‘ilish korrupsiyaga qarshi kurashda tizimning yanada shaffoflashishini ta’minlash va korrupsiyaviy holatlarni oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qashqadaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati