Yaponiya tomonidan “Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam” dasturi doirasida yurtimiz tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash uchun grantlar ajratib kelinayotgani OPlarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlashga xizmat qilyapti. Yaponiya kompaniyasi tomonidan Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasiga zamonaviy mammografiya diagnostika uskunasi keltirildi. Ushbu diagnostika uskunasi orqali 45-65 yoshli ayollar reja asosida 2 yilda 1 marta ko‘krak bezi saratonini erta bosqichlarda aniqlash maksadida tekshiruvdan o‘tkaziladi. Natijada ushbu tibbiy dastgoh orqali ko‘krak bezi saratoni kasalligiga aniq tashhis qo‘yish imkoniyati yaratiladi.
Olim Narboyev rahbarlik qilayotgan Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli viloyat kengashi deputati ko‘p tarmoqli oilaviy poliklinika mudiri Lola Ergasheva bosh bo‘lgan binoda o‘rnatilgan ushbu diagnostika ya’ni tibbiy tashhis asbob uskunasining keltirilishi bemorlarni ortiqcha uzoq shaharlarga borib sarson bo‘lishlariga chek qo‘ydi. Bunday imkoniyat va g‘amxo‘rlikdan ayniqsa xotin qizlarimiz cheksiz mamnun bo‘lib, davlatimiz rahbariga o‘z minnadorchiliklarini bildirishmoqda.