Kitob tumanida keksa avlod vakillari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko`riklar tashkil etilmoqda

Aholining salomatligini saqlash ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda joylarda tashkil etilayotgan tibbiy ko‘riklar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda bugun Kitob tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli 11-Oilaviy poliklinikada hududdagi yoshi ulug` qariyalar uchun navbatdagi chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

🩺💉Tekshiruvlarni sifatli o`tkazish maqsadida tibbiyot birlashmadagi barcha zaruriy tibbiy asbob-uskunalar va zamonaviy laborator-diagnostik apparatlar jalb etilib, kasalliklari aniqlangan keksalarning salomatligini tiklashlari uchun kerakli tavsiya va muolajalar amalga oshirildi hamda imtiyozli dori-darmonlar bilan ta`minlandi.

Jarayonlarda tuman bosh shifokori Orzimurod Turaboyev ham ishtirok etib, bemorlarga o`zining zarur tavsiya va ko`rsatmalarini berib o`tdi.