Norvegiya instituti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, miya faoliyatini yosh va serg‘ayrat holda saqlab qolish uchun kundalik ovqatlanish rasioningizga atigi ikki osh qoshiq o‘simlik yog‘i qo‘shish kifoya.
Bu oddiy ko‘rinadigan odat orqasida esa murakkab biologik jarayonlar yashiringan. Gap shundaki, o‘simlik yog‘larida mavjud bo‘lgan F vitamini va olein kislotasi organizmda xolesterinning zararli shakllariga qarshi kurashadi. Ayniqsa, bu moddalar miya kapillyarlari — ya’ni bosh miyani oziqlantiruvchi nozik qon tomirlari — sog‘lom holda qolishida katta ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, olein kislotasi asab to‘qimalaridagi shikastlangan hujayralarni tiklash va yangilashda faol ishtirok etadi. Bu esa miya neyronlarining yosh holatda saqlanishi, ya’ni aqliy faollik va xotiraning kuchli bo‘lishiga xizmat qiladi.
Qashqadaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati