➡️ Germaniya KfW taraqqiyot bankining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi delegasiyasi bilan viloyat ko’p tarmoqli shifoxonasida hamkorlik uchrashuvi o’tkazildi.
➡️Uchrashuvda KfW taraqqiyot bankining Toshkentdagi xududiy filiali direktori Andreas Schneider, salomatlik va ijtimoiy himoya bo’yicha loyiha menejeri Vitalis Ritter, salomatlik va ijtimoiy himoya, sog’liqni saqlash masalalari bo’yicha maslahatchi, direktor Jorj Heukelbach, loyihaning Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo’yicha menejeri Fabian Nguen, loyihaning Toshkentdagi bosh koordinatori Nigora Qoraboyeva, sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i A.Boboyev, viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi direktori J.Diyarovlar ishtirok etishdi.