Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan vaqt ichida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi.
Shular misolida bugun viloyat hokimligi hamda viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi hamkorligida viloyatimizning turli hududlarida istiqomat qiluvchi 14-30 yoshgacha bo’lgan 62 nafar sog’lig’ida muammosi bor yoshlar viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot birlashmasiga bepul davolanish uchun olib kelindi.