45 yoshdan 65 yoshgacha bo’lgan Qamashilik ayollar uchun bepul mammografiya tekshiruvlari o’tkaziladi
Sog’liqni saqlash vazirligining tashabbusi bilan 45 yoshdan 65 yoshgacha bo’lgan ayollar orasida sut bezi kasalliklarini oldini olish maqsadida respublikamizning olis hududlarida bepul sayyor mammografiya tekshiruvlari o’tkazilmoqda.
Qamashi tuman tibbiyot birlashmasida ham 16–sentyabr 31–oktyabrga qadar 45 yoshdan 65 yoshgacha bo’lgan qamashilik ayollar uchun bepul mammografiya tekshiruvlari amalga oshiriladi.
Tekshiruvlar haftaning dushanba kunidan shanba kuniga qadar, soat 08:00 dan 16:00 ga qadar davom etadi.
Tekshiruvdan o’tmoqchi bo’lgan fuqarolar fuqarolik pasportlari yoki ID kartalari bilan kelishlari so’raladi.
Manzil: Qamashi tuman ko’p tarmoqli markaziy poliklinikasi