“Doim e’tibordasiz!”

Qarshi shahar “Nuroniy” jamg‘armasi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda shahar tibbiyot birlashmasi hamkorligida “Doim e’tibordasiz!” shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar va nuroniylar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tadbir davomida 380 nafar keksa yoshdagi onaxon va otaxonlar malakali shifokorlar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, sog‘ligi tufayli tadbirda ishtirok eta olmagan 17 nafar nuroniylarning xonadonlariga borilib, ularning ham salomatligi holati o‘rganildi va zarur tibbiy tavsiyalar berildi.

Shahrimizda bunday ezgu tashabbuslarning muntazam yo‘lga qo‘yilgani, nuroniylar va ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan e’tibor — “Inson qadri uchun” tamoyilining hayotiy tasdig‘idir.