Dehqonobod tumanining olis hududi hisoblangan «Chashmaimiron» mahallasida zamonaviy tipdagi 14 o‘rinli tuman tibbiyot birlashmasi «Boshchorbog‘» filiali binosi foydalanishga topshirildi.
Filialning yangi binosi qurilishi uchun 2 milliard 846 million so‘m pul mablag‘lari sarf qilingan.
«Hududda 4 ta mahalla mavjud bo‘lib, jami 12 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida 3 sonli oilaviy poliklinika, tez tibbiy yordam shoxobchasi va tuman markaziy shifoxonasining 14 o‘ringa ega bo‘lgan filialining yangi binosida 3 nafar shifokor va 40 dan ortiq o‘rta tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. Mazkur tuman markaziy shifoxonasining 14 o‘rinli filiali va tez tibbiy yordam shoxobchasi 1969-yilda qurilgan bo‘lib, juda achinarli ahvolda edi. Hozirda ushbu filialning yangi binosi va tez tibbiy yordam shoxobchasini zamonaviy tipda qurilib foydalanishga topshirildi», – deydi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Shavkat Amirov.