Yangilanish, yosharish bayrami bo’lgan Navro’z munosabati bilan Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasida bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram dasturida Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov ishtirok etib soha vakillarini bayram bilan qutladi.
Bayram tadbiri doirasida marhum shifokor Cho’tboy Qurbonov xotirasi munosabati bilan shaxmat-shashka turneri va bo’limlar o’rtasida milliy taomlar bellashuvi tashkil etildi. G’oliblarga tashkilotchilar tomonidan estalik sovg’alar topshirildi.