Dehqonobod tuman Davlat fuqarolik xizmatchilari malakali tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda

Tuman tibbiyot birlashmasining oliy toifali shifokorlari ishtirokida Dehqonobod tuman hokimligi apparati xodimlari to‘liq sifatli profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Ma’lumot o‘rnida, kasalliklarni erta bosqichida aniqlash va ularning oldini olish orqali mehnat faoliyatida samaradorlik va natijadorlikka erishishni ta’minlash maqsadida viloyat, tuman va shahar hokimliklarida faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatchilarini tasdiqlangan reja grafik asosida joriy yilning 7-9-fevral kunlari profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini tashkil etish rejalashtirilgan.