Yurtboshimizning tashabbuslari bilan olib borilayotgan «Yashil makon» umummilliy loyhasi doirasida tibbiyot birlashmasida ham ishlar qizg’in davom etmoqda.
Tuman tibbiyot birlashmasi ma’muriyati va faxriy shifokorlar tashabbusi bilan birlashma hududida «Faxriy shifokorlar bog’i» tashkil etildi. Bog’ni tashkil etish ishlarida uzoq yillardan beri tibbiyot sohasida o’zining fidokorona faoliyatini olib borayotgan faxriy shifokorlar bosh-qosh bo’lishdi.
«Biz faxriylarimiz bilan birgalikda muhtaram yurtboshimiz tashabbuslari ostida tashkil etilgan «Yashil makon» umummilliy loyihasini qo’llab-quvvatlagan holda ushbu savobli va xayrli ishga qo’l urdik. Ertaga har birimizdan faqat qilgan yaxshi ishlarimiz qoladi. Eng yaxshi ishlardan biri daraxt ekish va bog’ qilishdir.» — deb ta’kidladi Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig’i Shavkat Amirov