Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasida boshqarma boshlig‘i A.Boboyev ishtirokida yig’ilish o’tkazildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 sentyabrdagi “Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-311 sonli qaroridagi vazifalarni bajarilishi, raqamlashtirish, “Elektron poliklinika” tizimini to‘liq yo‘lga qo‘yish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etishga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar tahlil qilindi.
Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, boshqarma tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari, KTMP mudirlari, koordinatorlar, statistlar, AKT xodimlari va DTSJ Qashqadaryo bo‘linmasi xodimlari ishtirokida bo’lib o’tgan yig’ilishda hamkorlikdagi ishchi guruh a’zolariga, muassasalar ma’sullariga tegishli topshiriqlar berildi.