Chiroqchi tuman hokimligi apparat xodimlari tibbiy koʻrikdan o’tkazildi

Davlat fuqarolik xizmatchilarining sogʻligini mustahkamlash, davolash va qayta tiklash ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Tuman tibbiyot birlashmasining oliy toifali shifokorlari tomonidan bugun Chiroqchi tumani hokimligi apparati xodimlari to‘liq sifatli profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Muhimi, davlat xizmatida ishlayotgan va ko‘p hollarda o‘z salomatligi uchun vaqt topa olmayotgan xizmatchilar ushbu imkoniyatdan mamnun bo‘lishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunda davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ijtimoiy himoya chorasi sifatida kafolatlangan.