2 yildirki, viloyat ko’p tarmoqli shifoxonasida buyrak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyalari o’tkazilib kelinmoqda.
Bugungi kunga kelib, viloyat ko’p tarmoqli shifoxonasida jami 12 nafar bemorda buyrak transplantasiyasi o’tkazilgan va barchasi muvafaqqiyatli kechgan.
Shunday operasiyalar kuni kecha 2 nafar bemorda bajarildi. 36 va 34 yoshli bu bemorlar hozirda o’zlarini yaxshi his etishmoqda.
Shuni aytish joizki, bunday murakkab jarrohlik operasiyalarini viloyatimizda deyarli har kun uchratishimiz mumkin.
Transplantatsiya jarrohligi — zamonaviy tibbiyotning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri. Bunday yuqori texnologik operatsiyalar 2018 yildan faqat poytaxtdagina sanoqli kishilarda o’tkazilgan bo’lsa, ungacha AQSH, Rossiya, Germaniya, Norvegiya, Shveysariya, Turkiya kabi tibbiyoti rivojlangan davlatlardagina bajarilardi, xolos, — deydi tibbiyot markazining malakali shifokori M.Umirov