☄️Bugun Mamlakatimizning barcha umumta’lim maktablarida “Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablarining bitiruvchilariga tabrigi tantanali o‘qib eshittirildi.
Joriy yilda respublikamizdagi mavjud 10 146 ta umumta’lim maktabining 9-sinfini 632 946 nafar, 11-sinfini 451 073 nafar o‘quvchi tugatmoqda.
Ma’lumot uchun: joriy o‘quv yili yakuniga ko‘ra, a’lo bahosi va namunali xulqi bilan o‘rnak ko‘rsatgan 14 041 nafar 11-sinf bitiruvchisi (2 475 ta kumush va 11 566 ta oltin) maktabning oltin va kumush medallari bilan taqdirlandi.
Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Axborot xizmati