Gematologik kasalliklar — bu qon va qon yasalish organlarining (suyuk iligi, limfa tugunlari, tala) tug‘ma yoki orttirilgan kasalligidir.
Nega barvaqt tashxis qo‘yish muhim?
Barvaqt aniqlangan kasallik:
Davolashda yuksak samara beradi
Kasallik og‘ir bosqichga o‘tmaydi
Bola to‘liq hayot tarziga qaytadi
Rivojlanishda ortda qolmaydi
Asoratlar oldi olinadi
❗️ Agar bolada quyidagi belgilar kuzatilsa — shoshilinch gematologga murojaat qiling:
✔️ Doimiy charchoq va rangsizlik
✔️ Ko‘p qon ketishi, ko‘kariqlar
✔️ Tez-tez shamollash
✔️ Immunitet pastligi
✔️ Suyak yoki bo‘g‘imlarda og‘riqlar
✔️ Bo‘yi va vazni yoshiga nisbatan kam
Kasallik kuchaymasligi uchun nima qilish kerak?
✅ Vaqti-vaqti bilan profilaktik qon tahlillari olib borish
✅ Har qanday shubhali alomatda darrov shifokorga murojaat qilish
✅ Irsiy xastalik bo‘lsa — boshqa farzandlar ham tekshirilishi shart
✅ Davolash davomida shifokor ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilish
✅ Bola ovqatlanishi, uyqusi, harakat faolligiga e’tibor berish