BMT minbari: O‘zbekiston bolalar hayoti uchun kurashda global hamkorlikka chaqirmoqda❗️

BMT Bosh Assambleyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasining birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva raisligida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va «St. Jude» bolalar tadqiqot shifoxonasi bilan hamkorlikda forum bo‘lib o‘tdi.

Forum mavzusi «Saratonga va boshqa hayot uchun xavfli kasalliklarga chalingan bolalarning yashovchanligini oshirish hamda azob-uqubatlarini kamaytirish bo‘yicha global harakat.»

✨Forumning muhim jihatlar shundaki, bu forum ilk bor O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT minbarida tashkil etildi.

Birinchi xonim Ziroat Mirziyoyeva jahon hamjamiyatini bolalar onkologiyasi bo‘yicha qo‘shma choralar ko‘rishga chaqirdi.

Tadbirda butun dunyo mintaqalaridan kelgan birinchi xonimlar ishtirok etdi. Jumladan, Turkiya, Ozarbayjon, Angola, Vyetnam, Gvatemala, Serbiya prezidentlarining rafiqalari ham qatnashdi.

Forum O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash sohasida global o‘rnini mustahkamladi.

 

Laziza Allayorova

Qashqadaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati rahbari