«Biz-donormiz» qon topshirish aksiyasiga start berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9-avgust kunidagi PQ-348-sonli “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi qarorning 5-bandida aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini targ‘ib etuvchi aksiyalar o`tkazish, videoroliklar tayyorlash va oavlarda namoyishini tashkil etish belgilangan.

Shu munosabat bilan viloyat qon quyish markazida «Biz-donormiz» aksiyasifa start berildi.