Yuzdagi qora nuqtalar — paydo bo’lishi sabablari, yo’qotish usullari, niqoblar, skrablar
⁉️Yuzda qora nuqtachalar nega paydo bo’ladi? Ularni qanday qilib davolash kerak? Mana shunday savollar ko’pchilik qizlarni o’ylantiradi.
1️⃣Yuzda qora nuqtalar paydo bo’lishi sababini aniqlash uchun, oldin ularning nima ekanligini tushunish kerak.
2️⃣ Qora nuqtalarning ikkinchi nomi mavjud — komedonlar va ular yog’ bezlarining kanallari tiqilib qolganda paydo bo’ladi.
3️⃣Bunday yog’ bezlari yo’llarining chiquvchi teshikchalarida kir, kosmetika qoldiqlari va epidermisning o’lik hujayralari to’planib qoladi va ular qora yoki to’q-jigarrang tusga kiradi. Yog’ teshikchalarining bu ifloslangan ustki qismlari biz uchun juda yaxshi tanish bo’lgan qora nuqtalardir.