Bemor bolalarning ko‘nggillariga shodlik ulashildi

Bugun 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan viloyatimiz bo‘ylab bolajonlar uchun turli ko‘nggil ochar tadbirlar o‘tkazilib, ularga sovg‘alar ulashilmoqda.

Xususan, viloyat hokimi Murotjon Azimov joriy yilda ham (https://t.me/qvh_axboroti/12597?single) viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga borib, bemor bolajonlarni samimiy tabriklagan holda ular uchun atalgan o‘yinchoq sovg‘alarni topshirdi (https://t.me/qvh_axboroti/23449).

Shuningdek, bu tibbiyot muassasasida yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishib, vohamizning turli hududlaridan shifo istab kelgan bolalar va ularning ota-onalari bilan yaqindan suhbat qildi. Qolaversa, murojaatlarini tinglab (https://t.me/qvh_axboroti/23448), tibbiy yordam ko‘rsatilishi yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.