Ko‘pchilik infarktni to‘satdan yuz beradigan holat deb o‘ylaydi, ammo u aslida yillar davomida sekin-asta shakllanadi.
Qanday sodir bo‘ladi?
Yurak mushagini qon bilan ta’minlaydigan tomirlardan biri xolesterin qatlami bilan torayadi.
Bir kuni bu qatlam yorilib, ustiga qon quyqasi yopishadi — natijada qon oqimi to‘xtaydi.
Yurak mushaklari kislorodsiz qoladi va miokard infarkti yuz beradi.
⚠️ Asosiy sabablar: Qon bosimining ko‘tarilishi, qandli diabet, chekish , yog‘li va shirin ovqatlarni ko‘p iste’mol qilish, harakatsiz turmush tarzi
Oldini olish mumkin!
Kundalik yurish yoki yengil mashqlar, sog‘lom ovqatlanish, stressni boshqarish, qon bosimi va xolesterinni doimiy nazorat qilish
❤️ Yuragingiz — sizning eng fidoyi motoringiz. Uni e’tiborsiz qoldirmang!
Qashqadaryo viloyati sog`liqni
saqlash boshqarmasi matbuot xizmati

