IMMUNITET QAYERDA JOYLASHGAN VA UNI QANDAY «KUCHAYTIRISH» MUMKIN❓

Ko‘pchilik “immunitet” deganda faqat dori yoki vitaminni tasavvur qiladi. Aslida esa immunitet — butun tanamiz bo‘ylab tarqalgan murakkab himoya tizimi.

Immunitet qayerda joylashgan?

Immunitet faqat bitta joyda emas — u tanamizdagi ko‘plab organ va hujayralarning birgalikdagi faoliyati natijasida ishlaydi:

1. Timus (qovurg‘alar orasida) – bolalik davrida eng faol. Immun hujayralarni tayyorlaydi.

2. Suyak iligi – qon orqali immun hujayralar ishlab chiqaradi (limfotsitlar, leykotsitlar).

3. Burun-halqum va limfa tugunlari – mikroblarni to‘sadi.

4. Ichak florasi (mikrobiota) – immunitetning 70% qismi ichaklarda joylashgan!

5. Taloq – zararli hujayralarni yo‘qotadi, qon filtrlaydi.

Shunday qilib, immunitet butun tanada “ishlaydigan tizim”, lekin ichaklar va qon tizimi uning markazi hisoblanadi.

⚙️ Immunitet qanday ishlaydi?

Organizm virus, bakteriya yoki toksinni sezganda, immun hujayralar darhol begona modda (antigen)ni aniqlaydi, uni yo‘q qilish uchun antitanachalar (antitelalar) ishlab chiqaradi, esda saqlab qoladi — keyingi safar tezroq javob beradi.

Shu tufayli bola yoki kattada bir kasallik qayta takrorlanmaydi (masalan, suvchechak).

Immunitetni tabiiy oshirish yo‘llari

1. To‘g‘ri ovqatlanish

Vitamin C (limon, kivi, na’matak, bulg‘or qalampiri), vitamin D (quyosh, baliq, tuxum sarig‘i), rux (Zn) – immun hujayralar faolligini oshiradi (qovoq urug‘i, loviya, mol go‘shti), magniy – asabni tinchlantiradi, stress immunitetni yemirib tashlamasligi uchun zarur.

2. Ichak florasini sog‘lom saqlash

Har kuni kefir, qatiq, sabzavot, grechka, suli kabi oziqalar yeyish, shirinlik, fastfud va gazli ichimliklarni kamaytirish,

3. Uyqu va dam olish

Immun tizimi kechasi tiklanadi. 6–12 yoshli bolalarda 9–10 soat, kattalarda 7–8 soat uxlash zarur.

4. Harakat va toza havo

Yurish, yugurish, suzish, toza havoda 30 daqiqa yurish — limfa aylanishini faollashtiradi.

5. Stressni kamaytirish

Doimiy tashvish kortizol gormonini ko‘paytiradi, bu esa immunitetni pasaytiradi. Tinch musiqalar, ijobiy fikrlar, dam olish muhim.

Qachon dori vositalari kerak bo‘ladi?

Ba’zida immunitetni tabiiy usullar bilan tiklash yetarli bo‘lmaydi. Shifokorlar quyidagi holatlarda immunomodulyatorlar yoki vitamin komplekslari tavsiya qiladi:

Tez-tez shamollash, uzoq bitmaydigan yara yoki yallig‘lanish, qon tahlilida limfotsitlar kamayganida.

Lekin bularni faqat shifokor tavsiyasi bilan ichish kerak❗️

Immunitet — bu tanamizdagi maxfiy armiya. U bizni har kuni millionlab virus va bakteriyalardan himoya qiladi.
Uni mustahkamlash uchun:
to‘g‘ri ovqatlaning,
yaxshi uxlang,
stressni kamaytiring,
va ichaklaringizni sog‘lom tuting.

Sog‘lom immunitet — sog‘lom hayot garovidir

Qashqadaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati