Organizmingiz nega kartoshka yoki makaron so‘rayotganini bilasizmi❓❗️

Haqiqatan ham qiziq, shunday paytlar bo‘ladiki — organizm aynan uglevodli taomlarni talab qiladi. Aslida bu behuda havas emas, balki triptofan moddasi yetishmayotganidan xabar beradi.

Triptofan — asab tizimining tinchligi va kayfiyat barqarorligini ta’minlaydigan muhim aminokislota. U serotonin («baxt gormoni») hosil bo‘lishida ishtirok etadi.

Agar triptofan yetishmasa:
– asabiylik va charchoq kuchayadi,
– uyqusizlik bezovta qiladi,
– shirin yoki uglevodli ovqatga talab ortib ketadi.
Tanaga triptofan quvvati quyidagi mahsulotlar orqali qaytib keladi
tuxum
tovuq go‘shti
kurka go‘shti
tvorog yoki pishloq
ovsyanka (ovyos bo‘tqasi)

Har kuni shulardan birini rasioningizga qo‘shing. Shunda asab tizimingiz tinch, uyquyingiz barqaror, kayfiyatingiz esa yuqori bo‘ladi!

✨ Tana aslida insonga nima hohlashini signal orqali beradi.Uni eshiting! U sizga nimadir demoqchi.

Laziza Allayorova tayyorladi