Viloyatda keksalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish davom etmoqda

Sog`liqni saqlash vazirligi va «Nuroniy» jamg`armasi bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq oktyabr oyi «Keksalarga ehtirom» oyligi deb e`lon qilingan edi. Ushbu oylik doirasida viloyatimizdagi 248 000dan ortiq nuroniylar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirilgan. Xususan, 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklar maxsus tibbiy ko‘riklarga jalb etilmoqda

«Keksalar xaftaligi» davomida, avvalroq xabar berganimizdek, (https://t.me/qashqadaryo_ssb/17948)58 000dan ortiq nuroniylar bepul tibbiy ko‘riklarga qamrab olingan edi. Ko‘rik jarayonlari viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda. Ushbu tadbirlar orqali nuroniylarni salomatlik ko‘rsatkichlari monitoring qilinib, sog‘lomlashtirish choralari ko‘rilmoqda.
Bu aholining sog‘lig‘ini yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, kasalliklarni erta aniqlash va oldini olishga yordam beradi.

Qashqadaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati