O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 22 sentabrdagi 54-sonli majlis bayoni hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 24 sentabrdagi 05-10/22449-sonli ko‘rsatma xati ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 2–8 oktabr kunlari viloyatimizda “Keksalarga hurmat – yoshlarga ibrat” shiori ostida “Keksalar haftaligi” otkazilmoqda.
Ushbu haftalik doirasida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasida bir necha yillar davomida samarali mehnat qilgan va kasbga sadoqat bilan ishlagan, hozirda esa qarilik gashtini surayotgan nuroniylar — F. Yermakov va Sh. Boymurodovlarga soha rahbariyati va jamoasi tomonidan alohida ehtirom ko‘rsatildi.
Ularning sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishdagi xizmatlari, fidokorona mehnatlari hamda yosh mutaxassislarga ibrat bo‘lgan tajribalari etirof etildi.