So‘nggi yillarda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlash va raqamlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88-son Farmoni ijrosi doirasida mazkur yo‘nalishdagi ishlar yanada jadallashdi.
Jumladan, Koson tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan jami 30 dona zamonaviy kompyuter, 38 dona termoprinter, 38 dona veb-kamera xarid qilindi.
Ushbu texnik vositalar tuman tibbiyot birlashmasining barcha bo‘linmalari, shuningdek, oilaviy poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlariga topshirildi. ✅ Mazkur yangilanishlar natijasida tibbiy ma’lumotlarni tezkor va aniq qayta ishlash, bemorlarni ro‘yxatga olish jarayonini soddalashtirish, diagnostika va tibbiy ko‘riklar samaradorligini oshirish imkoniyati yaratiladi.