Nok – ko‘pchilikning bolalikdan beri sevib iste’mol qiluvchi mevasidir. Uning mazali, yumshoq va shirin ta’mi bilan birga, salomatlik uchun ham ko‘plab foydali jihatlari bor. Zamonaviy ilmiy tadqiqotlar nok mevasini muntazam ravishda iste’mol qilish organizm uchun juda foydali ekanini tasdiqlamoqda.
✅ Uning foydalari haqida birma-bir ma`lumot bersak:
1. Hazm tizimini yaxshilaydi
Nok tarkibida ko‘p miqdorda kletchatka (ovqat tolasi) bor. Bu moddalar ichak faoliyatini yaxshilab, ovqat hazm bo‘lishini yengillashtiradi va ich qotishning oldini oladi.
2. Yurak-qon tomir tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi
Uning tarkibidagi mis va antioksidantlar yurakni himoya qiladi, xolesterin miqdorini pasaytiradi va qon aylanishini yaxshilaydi.
3. Immunitetni mustahkamlaydi.Nokdagi S vitamini kasalliklarga qarshi kurashadigan immun hujayralarni faollashtiradi. Bu ayniqsa mavsumiy gripp va shamollashlar davrida foydali.
4. Qandli diabet uchun xavfsiz meva. Glikemik indeks past bo‘lgani uchun nok qon shakarini tez oshirmaydi. Shuning uchun diabet xastalari ham shifokor tavsiyasi asosida me’yorda iste’mol qilishi mumkin.
5. Ozishga yordam beradi. To‘yimli, lekin kaloriyasi past bo‘lgan nok ozishni xohlayotganlar uchun ajoyib tanlov. U to‘yganlik hissini beradi va ortiqcha yeb qo‘yishdan saqlaydi.
6. Teri va sochlar uchun foydali. Antioksidantlar teri va sochni ozuqa bilan ta’minlab, ularni sog‘lom saqlaydi. Jinsiy gormonlarning muvozanatida ham misning hissasi katta.
Nokni qanday iste’mol qilish kerak?
Yangi holda (eng toza va foydali shakli)
Salatlar, smuzi yoki shirinliklarga qo‘shib
Ertalabki nonushtaga qo‘shimcha sifatida
⚠️ Diqqatga oling:
Nok kislotalariga sezgir odamlarda allergik reaksiya bo‘lishi mumkin. Shuningdek, qandli diabet yoki boshqa surunkali kasalliklarda shifokor bilan maslahatlashib iste’mol qilish maqsadga muvofiq.
Qashqadaryo viloyati sog`liqni
saqlash boshqarmasi matbuot xizmati